iPhone 13 ishlab chiqarilishi qisqarishi mumkin

iPhone 13 ishlab chiqarilishi qisqarishi mumkin

2021 yilning oxirgi choragida Apple 90 mln iPhone ishlab chiqarmoqchi edi. Biroq butlovchi qismlar tanqisligi taxminan 10 mln kamroq smartfon ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu yangilik e’lon qilinishi bilan Apple aksiyalari narxi 1,2 foizga pasaydi.

Kompyuter chiplari – sanoatda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulot. Tanqislik sabab avtosanoatda ham ishlab chiqarish keskin qisqargan. Masalan, Buyuk Britaniyada shu yilning 1-yarmida chip yetishmasligi sabab 500 mingga yaqin mashina ishlab chiqarilgan. Bu – o‘tgan 5 yillikka nisbatan 38,4 foiz past ko‘rsatkich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!