«Ipak yo‘lida» filmi AQSh va Rossiyada o‘tkaziladigan xalqaro kinofestivallarda qatnashadi

«Ipak yo‘lida» filmi AQSh va Rossiyada o‘tkaziladigan xalqaro kinofestivallarda qatnashadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Ipak yo‘lida» qisqa metrajli filmi joriy yilning 1 — 11 noyabr kunlari AQShda o‘tkazilayotgan «Asian World Film Festival» hamda 16 — 21 dekabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan «Moskovskaya premyera» xalqaro kinofestivallarida ishtirok etadi.

Bu haqda Agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur kinokartina «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi «Kino 5 kunda» yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!