Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 yanvar kuni investisiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizdagi ochiqlik, kuchli investisiya siyosati natijasida iqtisodiyot barqaror o‘sib kelayapti. Xususan, 2024 yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investisiya 1,6 barobar o‘sib, qariyb 35 milliard dollarni tashkil qildi. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushdi. Eksport ilk bor 27 milliard dollarga yetdi.

O‘tgan yili tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligi sohalarida investisiya 2 karra oshgan. 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib kelgan.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohadagi qoloqliklar atroflicha tahlil qilindi.

To‘qimachilik sanoati, “O‘ztransgaz”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zsuvta’minot” tizimida investisiya ko‘rsatkichlari pasaygan. Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Transport, Qurilish, Sog‘liqni saqlash, Sport, Madaniyat, Oliy ta’lim, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari olib kelgan investisiya va grantlar imkoniyatga yarasha emas.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Ayrim tuman hokimlari investisiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot, Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari hamda Ohangaron shahri hokimlariga hayfsan e’lon qilindi. Faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.

Yig‘ilishda investisiya va eksport bo‘yicha bu yilgi asosiy vazifalar belgilandi.

Avvalo, bu masala hududlar kesimida ko‘rib chiqildi. 27 ta tumanda investisiya hajmi 200 million dollardan oshishi hisob-kitob qilingan. Lekin 10 ta tumanda reja 40 million dollarga ham yetmaydi. Mutasaddilarga ushbu tumanlarda yangi loyihalarni shakllantirib, investisiyani ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mablag‘larning samaradorligiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Masalan, so‘nggi yetti yilda kiritilgan 120 milliard dollar investisiya hisobiga 6 mingdan ortiq korxona ishga tushgan. Tahlil qilinsa, har 1 ming dollar investisiya yiliga o‘rtacha 530 dollar qo‘shilgan qiymat yaratayapti. Bu ko‘rsatkich tog‘-kon sanoatida 700 dollarga yetgan.

Lekin neft-gaz, metallurgiya va qurilish materiallari sohalarida investisiya samaradorligi nisbatan past. Hududlardan esa Sirdaryo, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda shunday holat.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Yangi ochilgan 92 ta korxonada uskunalar ishlatilmay turgani uchun kreditlar qaytishi kechikayapti. 105 ta tadbirkor olib kelgan uskunalar bojxona omborlarida turibdi.

Prezident investisiyaning samaradorligini oshirish hudud va tarmoq rahbarlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

– Bu iqtisodiyotimiz o‘sishiga katta turtki beradi. Kafolatli xarid hisobiga, juda ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratiladi, valyuta tejaladi va yondosh sohalar rivojlanadi. Buni hokimlar yaxshi tushunib, har bir loyihaning “ichiga kirib”, ishni unumli tashkil qilish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirkorlar ishtirokida yarmarkalar o‘tkazib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, yirik investisiya loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlar sinfi kengayib, xalqaro doiraga chiqmoqda. Ilg‘or korxonalarimiz chet eldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ olib kelishni boshladi. Buni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Prezident farmoni bilan, Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi. Endi bundan foydalanib, ko‘proq tadbirkorlar xorijdan mablag‘ jalb qilishga o‘rgatilishi aytildi.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Bu yil xalqaro moliya institutlari hisobidan 5 milliard 200 million dollarlik ishlar rejalashtirilgan. Ularni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun Bosh vazir boshchiligida favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi.

Evropa tiklanish va taraqqiyoti banki bilan 1 milliard 100 million dollar, Islom taraqqiyot banki bilan 1 milliard dollarlik loyihalar ko‘zda tutilgan. Mutasaddilarga ushbu banklar bilan davlat kafolatisiz loyihalarni ko‘paytirish, mablag‘ jalb qilishda tadbirkorlarga ko‘maklashish topshirildi.

Investisiya samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri – eksport. Masalan, erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab, imtiyoz olayapti. Bu tannarxni pasaytirish, eksportga chiqishga xizmat qilishi kerak.

O‘tgan yili 22 ta erkin iqtisodiy zonadagi 589 ta korxona 42 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. Lekin tovarlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.

Shu bois endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi ta’kidlandi. Ularda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabgir mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shulardan birinchisi Namangan viloyatida, 30 gektar maydonda to‘qimachilik yo‘nalishida tashkil etiladi.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Yana bir yangi yondashuv – o‘tgan yili 12 ta texnopark xorijiy korxonalar boshqaruviga berildi. Hozircha ularga 2,5 milliard dollarlik 27 ta loyiha joylashtirilgan. Bu tajribani kengaytirib, xorijiy kompnaiyalar ishtirokida yana bir nechta texnoparklar tashkil qilish taklifi bildirildi.

Bu yil eksportni 30 milliard dollardan oshirish mo‘ljallanmoqda. Masalan, yurtimizda xomashyosi bo‘lgan to‘qimachilik, elektrotexnika kabi tarmoqlarda eksportni 2-3 karra oshirish imkoniyati bor.

Shu bois bu ikkita drayver tarmoqni rivojlantirish, eksportga ishlayotgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.

Xususan, eksportchilarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun alohida faktoring tashkiloti ochilib, unga 100 million dollar ajratiladi. Korxonalarni xalqaro sertifikat talablariga moslashtirish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismi qoplab beriladi. Rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarini targ‘ib qilish uchun 2 million dollar yo‘naltiriladi.

Mutasaddilarga tashqi bozorlardagi imkoniyatni tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Paxta yetishtirish va qayta ishlashda ham qo‘shimcha bozor mexanizmlari joriy qilinadi. Shu yildan boshlab, klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qo‘yadi, fermerlar esa o‘ziga ma’qulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi. Imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi. Imtiyozli kreditni 31 dekabrgacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi tomorqa egalari mahalla bankirlariga mijoz bo‘ladi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari jahonda investisiya va bozorlar uchun raqobat keskinligini yana bir bor ta’kidlab, mutasaddilarga ishchanlik va natijadorlikni oshirish talabini qo‘ydi. Bu borada nazorat va so‘rov qattiq bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh vazirga bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investisiya bo‘yicha oyma-oy reja tasdiqlab, ijrosini ta’minlash topshirildi.

Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning axboroti eshitildi.

Investisiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya chegarasida AQSh harbiy kuchlari

ЭРР хабар беришича, Қўшма Штатлар армиясининг бўлинмаси Россия чегарасидаги Эстония ҳарбий базасига жойлаштирилди.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona kanalida qiz oqib kelgani haqida videolar tarqaldi

Андижон вилояти, Избоскан тумани, Бештерак МФЙ ҳудудида "Катта Фарғона" каналидан ёш қиз оқиб келганлиги ҳақида ижтимоий тармоқларда видео тарқалди.

244 000 millioner va 30 milliarder yashaydigan dunyodagi eng yaxshi biznes shahar

Бу шаҳар кўплаб миллионерлар ва миллиардерлар истиқомат қиладиган дунёдаги энг ишбилармонларга қулай шаҳар сифатида кенг тан олинган.

Rossiyaliklar "eng dolzarb muammo"ni aytdi. Bu urush emas

Россияликлар учун аҳамияти бўйича иккинчи ўринда Украинадаги уруш, Ғарб билан можаро ва санкциялар туради.

Bir vaqtlar okeanning eng kuchli yirtqichi deb hisoblangan "Ulkan oq akulalar" endi yangi xavfli tahdid bilan yuzma-yuz kelmoqda

Йиллар давомида улкан оқ акулалар океанларда бехавотир ҳукмронлик қилган. Бироқ, вазият ўзгарди - кутилмаган йиртқич уларни жарроҳлик аниқлигида нишонга олмоқда.

Zelenskiy Putinga yer ayirboshlashni taklif qildi

Бу ҳақда “Politico” нашри ёзган.

Pezeshkian AQSh va Isroilni qo‘rqitdi

АҚШ ва Исроил Эронга зарба беришга журъат этса, Эрон юз баробар кўпроқ ядро объектлари қуради.

Daryolari bo‘lmagan va ulkan neft zaxiralariga ega dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri

Мамлакат дарё ва кўлларсиз ўз сув эҳтиёжларини қондириш учун инновацион усулларни ишлаб чиққан.

Rossiya iqtisodiyoti 2025 yilda "butunlay qulashi" mumkin, chunki muhim neft eksporti zarba yemoqda

Россия иқтисодиёти кескин ёмонлашиши мумкин, чунки муҳим нефть экспорти санкцияларга учраган ва Украина томонидан дрон ҳужумлари натижасида нефтни қайта ишлаш заводлари шикастланган.

AQSh o‘zi uchun eng katta xavfni e’lon qildi

Бу ҳақда Штутгартда журналистлар билан суҳбат пайтида Қўшма Штатлар мудофаа вазири Пит Хегсет маълум қилди.

Geologlar ulkan oltin zaxirasini topib oldi

Узоқ вақт ер остида яшириниб ётган кон яқинда топилди ва ундаги олтин миқдори ҳайратланарли даражада кўп эканлиги аниқланди.

Aktrisa Feruza Normatova kiberbullingga uchradi

Бунақасига биринчи марта дуч келишим. Қип-қизил кибербуллинг, мен ҳатто маниакал кибербуллинг деган бўлардим.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.

Ruslar mitingga chiqdi

"Бироқ биз доимо: "Сизлар учун пул йўқ", деган гапни эшитамиз".

Olimlar yadro qishidan omon chiqa oladigan beshta davlatni sanab o‘tishdi

Тадқиқотчиларнинг фикрича, Австралия, Янги Зеландия, Исландия, Вануату ва Соломон ороллари аҳолиси омон қолиши мумкин.

Xonanda Shirin Abdullayeva olamdan o‘tdi

Ширин Абдуллаева наманганлик энг бой инсонлардан бири Баҳодир Абдуллаевнинг кичик қизи эди...

Rossiya televideniyesi armiya Shimoliy koreyaliklarni "tugatib qo‘yganini" aytdi, "yangi to‘da" kutilmoqda

Россия давлат телевидениесидаги Кремль тарғиботчиси Шимолий Корея аскарлари Украина билан урушда иштирок этаётганини тан олди.

Zelenskiy Yevropaga murojaat qildi: "Eski davrlar tugadi..."

Зеленский "ғалаба режаси"да агар Украина НАТОга аъзо бўлса, АҚШнинг Европадаги ҳарбий иштирокининг бир қисмини Украина кучлари билан алмаштиришни таклиф қилганини эслатиб ўтди.

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan o‘tdi

Хонанда Ширин Абдуллаева 19 ёшида оламдан ўтди. Бу ҳақда Оила ва хотин-қизлар қўмитаси хабар берди.

"Dahshatli raqib" - Oleksandr Usik o‘zining eng kuchli raqibi nomini aytdi, bu Tayson Fyuri yoki Entoni Joshua emas

Айнан шу сабабдан Усик "Del Boy"ни ўзининг энг кучли рақиби сифатида алоҳида таъкидлайди.

Peruda ko‘prik qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Бундан ташқари, кўприкда юк ташувчи фургон ҳам бўлган. Автобус ва фургон дарёга қулаган.

Avstriyaning Fillax shahrida pichoq bilan kurollangan erkak odamlarga hujum qildi

Ҳужум натижасида 14 ёшли бола ҳалок бўлди, яна беш киши жароҳат олди.

Malidagi oltin konida o‘nlab odam halok bo‘ldi

Мали Африкада олтин ишлаб чиқариш бўйича етакчи давлатлардан бири ҳисобланади, бироқ шу билан бирга, у дунёдаги энг камбағал давлатлардан бири ҳамдир.

Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayol jinnixonaga joylashtirildi

Ушбу экспертиза хулосасида қайд этилишича, фуқаро Г.Х. ақлий заифлик енгил даражаси билан хасталанган ҳамда ҳуқуқбузарликни содир этган вақтда ўз ҳаракатларига жавоб бера олмаган.

Samarqandda mashina boshqarib YTH sodir etgan o‘quvchi halok bo‘ldi

Шунда машина йўл четига чиқиб кетган ва дарахтга урилган. Оқибатда йигит оғир тан жароҳатлари олиб шифохонага ётқизилган.

Toshkentda voyaga yetmagan qizni mehmonxonaga olib borib, unga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Суд тиббий экспертизасининг 2024 йил 22 октябрдаги хулосасига кўра, қизга енгил жароҳат етказилган.

Yunusobod tumanida Spark piyodani urib yubordi

ЙТҲ натижасида пиёда шифохонага олиб кетилиб биринчи тез тиббий ёрдам кўрсатилган

Olimlar shahar kanalizasiya tizimida alligatorlarning ko‘pligini ko‘rib «hayron qolishdi»

Тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ҳолат экологик онгли шаҳар режалаштириш ишларини келтириб чиқариши мумкин.

Rossiya nima uchun Sudanda baza o‘rnatmoqda?

Россиянинг Порт-Судан яқинида ҳарбий-денгиз базасини ташкил этиш режаси собиқ президент Умар ал-Башир давридан, 2019 йилдан бери ишлаб чиқилаётган бўлиб, дастлабки келишув 2020 йил ноябрда имзоланган.

Rossiya AQSh va Xitoy qatoriga qo‘shilib, Afrikadagi birinchi harbiy-dengiz bazasi uchun joy belgiladi

Россия Африкада ўзининг биринчи ҳарбий-денгиз базасини ташкил этиш режаларини якунлаб, АҚШ ва Хитой каби жаҳон кучлари сафида ўз ўрнини мустаҳкамлади.

Rossiya hududlariga hujum: sanoat zonasi yondi, aeroportlar yopildi...

Украина дронлари кечаси Россиянинг бир неча вилоятларига ҳужум қилди.

Xitoy bir vaqtning o‘zida 100 dan ortiq odamsimon robotlarni tayyorlash markazini ishga tushirdi

Шанхай расман ўзининг биринчи турли хил одамсимон роботларни тайёрлаш марказини очди, бу Хитойнинг робототехника соҳасидаги муҳим ютуқ ҳисобланади.

Kursk viloyatidagi qattiq janglar: Rossiyaning yo‘qotishlari 20 mingga yaqin askarni tashkil etdi

Россиянинг Курск вилоятидаги йўқотишлари 20 мингга яқин аскарни ташкил этади, деб билдирди Украина бош қўмондони.

Isroil falastinliklarga ataylab qo‘tir yuqtirgan: Ozod etilgan falastinliklar qiynoq va ochlik alomatlarini namoyon etmoqda

Фаластин маҳбуслар жамияти шанба куни озод этилган сўнгги гуруҳ ҳақида маълумот бераркан, Исроил қамоқхоналаридан озод этилган ўнлаб фаластинликларда қийноқ ва очлик аломатлари кузатилганини айтди.

Ular hozir qayerda? Krishtianu Ronaldu "Oltin to‘p" uchun ovoz bergan har bir futbolchi bilan tanishing

Криштиану Роналду тарихда "Олтин тўп" соврини сони бўйича рақиби Лионел Мессидан кейин иккинчи ўринда тургани боис, биз унинг йиллар давомидаги овозларини кўриб чиқишга қарор қилдик.

Boliviyada kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 28 kishiga yetdi

Бу ҳақда Фуқаролик мудофаа вазири ўринбосари Хуан Карлос Калвимонтес “Синхуа” агентлигига таяниб маълум қилди.

Xitoyliklar Toshkentda bayroq ko‘tarib ommaviy tadbir o‘tkazdi

15 февраль куни тонгда похтахтнинг Чилонзор туманидаги Миллий боғ ҳудудида ўнлаб Хитой фуқаролари турли хил байроқ ва шиорлар билан овозини кўтариб, оммавий тадбир ўтказди. Ҳокимлик ва куч тузилмалари бундан бехабар.

2024-yilda Rossiyadan 90 mingga yaqin muhojir deportasiya qilinadi

Бу ҳақда Россия Федерал суд ижрочилари хизмати директори Дмитрий Аристов маълум қилди, дея хабар беради “ТАСС”.

Toshkent viloyatida 17 yoshli bola tanishini pichoqlab o‘ldirdi

Оқибатда А.Г. оғир тан жароҳатлари олиб, Тошкент тумани марказий шифохонасига ётқизилган. Шифокорлар томонидан кўрсатилган муолажаларга қарамай, у жонлантириш бўлимида вафот этган.

NASA va astronomlar xavotirda: yadro quroli – Yerni qutqarish uchun oxirgi umidmi?

Яқинда кашф этилган 2024 YR4 астероиди Ер билан тўқнашув хавфини туғдирмоқда. Унинг хавфини ўзгартириш учун ядро қуролидан фойдаланиш зарурати пайдо бўлиши мумкин.