Investision forumda 300 million dollardan ortiq memorandumlar imzolandi

Investision forumda 300 million dollardan ortiq memorandumlar imzolandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ikki kundan buyon davom etayotgan Xalqaro ivestision forumning yakunlariga bag‘ishlangan, ya’ni hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish maqsadidagi memorandumlarni imzolash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri B.Xabibullayev, Nukus shahar va tumanlar hokimlikari, turli davlatlardan tashrif buyurgan investorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur marosimda Jonubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston, Qozog‘iston kabi davlatlar investorlari bilan Nukus shahri va Beruniy, Taxiatosh, Chimboy, Bo‘zatov, Taxtako‘pir hamda Nukus tumanlari misolida jami 313 million AQSh dolariga teng miqdordagi investision memorandumlar imzolandi.

Xususan, kelgusida Nukus shahrida alyumin mahsulotlarini ishlab chiqarish, Beruniy tumanida sement ishlab chiqarish, Bo‘zatov va Taxtako‘pir tumanlarida charvochilik sohasidagi loyihalar, Taxiatosh tumanida qizilmiya ildizini qayta ishlash, Nukus tumanida qurilish materiallarini ishlab chiqarish kabi hamkorlikdagi investision loyihalar amaga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!