Interpol blogerni qidiruvga berishdan bosh tortdi

Interpol blogerni qidiruvga berishdan bosh tortdi

Interpol Rossiyaning muxolifatchi chechen blogeri Tumso Abdurahmonovni qidiruvga berish haqidagi iltimosini qanoatlantirmadi. Bu haqda Abdurahmonov Yutubdagi kanali orqali ma’lum qildi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan Rossiyada ekstremistik faoliyatga ommaviy da’vat qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Interpol Rossiya rasmiylarining so‘rovini bir necha oy davomida ko‘rib chiqqan va oxir-oqibat uni tashkilot nizomini buzish deb hisoblab, rad etgan.

Tumso Abdurahmonov o‘z videolarida Chechenistonda inson huquqlarining buzilishi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qo‘llanilayotgan qonunbuzarliklar haqida gapiradi. Hozir Shvesiyada yashovchi Abdurahmonov 2020 yil fevral oyida hujumga uchradi. Boshidan zarba olgan bloger bolg‘a bilan qurollangan hujumchini zararsizlantirishga va polisiyani chaqirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu hodisa bo‘yicha 2021 yil yanvarida ikki nafar Rossiya fuqarosi sudlandi.

Joriy yilda Germaniyada blogerning ukasi Muhammadga suiqasdning oldi olindi. Tumso Abdurahmonov suiqadsga urinishning ortida Ramzan Qodirovning qarindoshi Paruddi Edelgeriyev borligini da’vo qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!