Internet magazindagi soxta xaridorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Internet magazindagi soxta xaridorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

B.X ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 30 mart kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib «OLX» internet ijtimoiy tarmog‘i orqali sotuvga qo‘ygan mahsulotini sotib olishini aytib ishonchiga kirib unga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan jami 2.500.000 so‘m pullarini yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni T.A ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!