Internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgichdan 95 ming dollar chiqdi

Internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgichdan 95 ming dollar chiqdi

Janubiy Koreyalik fuqaro internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgich ichidan 95 ming dollar topib oldi. Bu haqda “Mothership “ xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak muzlatgichni yuvganda uning ichidan 110 million von miqdoridagi 2200 kupyurani topgan. Bu 95 ming AQSh dollariga teng.

Huquqni muhofaza qilish organlari ayni paytda muzlatgichning sobiq egasi shaxsini aniqlashga harakat qilyapti.

Agar pulning avvalgi egasi olti oy ichida topilmasa, u holda bu mablag‘ uni topgan kishiniki bo‘lishi mumkin. Lekin u topilgan mablag‘ning 22 foizini soliq sifatida to‘laydi. Aks holda, u hamma pulni qaytarishga majbur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!