"Instagram"da yana bir yangi funksiya paydo bo‘ldi

"Instagram"da yana bir yangi funksiya paydo bo‘ldi

Instagram o‘z ilovasiga yangi funksiyani joriy qildi.

Endi foydalanuvchilar o‘z “publikasiya”lariga o‘z izohlarini mahkamlay olishadi. Kompaniya ushbu yangilikni 2020 yilning mayida sinovdan o‘tkazgan edi. Hozir esa ushbu funksiya hammaga birdek taqdim qilindi.

Foydalanuvchi umumiy hisobda uchta izohni joylashtirishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bunday tartib pozitiv xabarlarni saralashga imkon beradi.  

Yangi funksiyadan foydalanish uchun tanlangan izohni surish kerak. Shunda menyuda nafaqat “O‘chirish”, balki  “Shikoyat qilish”, “Javob berish”, “Mixlash”,tugmasi paydo bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!