Insoniyatni dahshatga solgan atom bombalari haqida 5 fakt

Insoniyatni dahshatga solgan atom bombalari haqida 5 fakt

1. Roppa-rosa 75 yil avval, 1945 yilning 6 avgust kuni AQSh Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlangan. 600 metr balandlikda portlagan bomba oqibatida sanoqli daqiqalar ichida 80 mingga yaqin inson halok bo‘lgan. Portlash markazi yaqinidagi 12 kvadrat kilometr maydondagi inshootlar butunlay vayron bo‘lgan. Shuningdek, 90 ming uydan 62 mingtasi qulagan.

2. 1962 yilda AQSh Yaponiyaga tashlangan bombaga nisbatan 100 barobar kuchliroq bombani kosmosda portlatgan. Bundan tashqari, AQSh sovuq urush vaqtida o‘z kuchlarini ko‘rsatish uchun Oyda atom bomba portlatish proyektini ishlab chiqqan.

3. Sar-bomba (shoh bomba) sinovdan o‘tkazilgan eng yirik atom bombasidir. Uning portlashi shunchalik kuchli ediki, portlashdan so‘ng seysmik to‘lqin Yer sharini uch marta aylanib chiqqan (Erni uch marta «silkitgan»).

4. 1966 yilning yanvari oyida AQSh harbiylari 4 ta yadroviy qurolni yo‘qotib qo‘yishgan. 3 ta bomba yerga qulagan, ammo (yaxshiyamki) portlamagan. 4-bomba esa ikki oy dengizda suzib yurganidan so‘ng topilgan.

5. Yamaguti Sutomu Xirosimadagi atom bomba portlashidan omon qolib, Nagasakiga yo‘l olgan. Nagasakidaligida Yaponiyaga ikkinchi bomba tushgan. U ikkinchi atom bombadan ham tirik qolgan va 2 ta atom bombadan omon qilgan dunyodagi yagona odamga aylangan.

Bonus. Hozirgi kunda Xirosima va Nagasaki shaharlarida radiasiya darajasi normaldir, chunki bu shaharlarga tashlangan bomba osmonda portlagan. Shu sababdan (2014 yil hisobiga ko‘ra) Xirosimada 1 mln, Nagasakida 400 ming kishi istiqomat qiladi.

Manba: fikrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!