Insoniyat uchun eng dahshatli 10 ta xavf yoxud odamzod aqlga sig‘dira olmaydigan kelajak xatarlari...

Insoniyat uchun eng dahshatli 10 ta xavf yoxud odamzod aqlga sig‘dira olmaydigan kelajak xatarlari...

2002 yilning fevral oyida bir jurnalist AQSh Mudofaa kotibi Donald Ramsfelddan “Iroq hukumati terroristik guruhlarga ommaviy qirg‘in qurollarini yetkazib berganligi to‘g‘risida dalillar yo‘qligi” haqida so‘raganida: “Biz bilgan ma’lum narsalar bor. Noma’lumlari ham bor. Biz ularni bilmasligimizni bilamiz. Ammo shunday noma’lum narsalar ham bor – biz ularni bilmasligimizni ham bilmaymiz” degan edi.

Oradan qariyb yigirma yil o‘tgan bo‘lsa-da, noaniqlikka asoslangan bu tushuncha bizning kundalik hayotimizda hamon mavjud. Qaror qabul qilayotganda biz ham tavakkalga duch kelamiz.

Oksford universitetining Insoniyat kelajagi gumanitar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xavf uchta mezonga ko‘ra aniqlanadi: ularning qamrov darajasi (ta’sir ko‘rsatadigan odamlar soni), jiddiyligi (odamlarga qanchalik yomon ta’sir ko‘rsatishi) va uning ehtimoli. Muammo – biz bilmagan narsada xavfning mavjudligini bilib qolganimizda paydo bo‘ladi.

Ko‘plab xalqaro tashkilotlar doimiy ravishda jamiyat va sayyoramiz uchun eng katta xavf nimalar ekanligini aniqlashga harakat qilishadi. Yilning eng taniqli hisobotlaridan biri – Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlanadigan Global xavflar to‘g‘risidagi hisobotdir.

2019 yilgi so‘nggi nashrdagi hisobotda eng muhim o‘nta xavflar ro‘yxatidan beshtasi atrof-muhit muammolari bilan bog‘liq. Ro‘yxatdagi boshqa xavflar ikkita texnologik (internet firibgarligi yoki o‘g‘rilik va kiberhujumlar), ikkita korporativ (keng ko‘lamli majburiy migrasiya va suv inqirozi) va oxirgisi iqtisodiy (iqtisodiy pufak).

Mavjud bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlar va xavflar aniqlangan bo‘lsa-da, xavflar prognozi hanuzgacha tahlil qilish, tayyorlash va aks ettirishning past darajasi bilan cheklangan.

Kelajakdagi xavf ssenariylarining eng muhimlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: tizimning ahamiyati va samaradorligini shubha ostiga qo‘yadigan ijtimoiy nazoratning yangi shakllari (masalan, biometrik nazorat) tufayli demokratiyaning pasayishi; kvant hisoblash orqali shaxsiy hayot daxlsizligining buzilishi; qishloq va shahar dunyosi o‘rtasidagi ijtimoiy qutblanishning kuchayishi; geoiqtisodiy vosita sifatida oziq-ovqat ta’minotini cheklash; koinotni boshqarish uchun qarama-qarshiliklar; sun’iy intellekt orqali faqat bizga yoqadigan ma’lumotlar kiradigan texnikalar tufayli tanqidiy fikrlashning yetishmasligi.

Ehtimol, biz hozir aqlga sig‘maydi deb o‘ylaydigan xatarlar bo‘lishi mumkin kelajakda. Texnologik o‘zgarishlar va ijtimoiy dinamika shunchalik tez sur’atlar bilan rivojlanadiki, jamiyat bu poyezdga chiqa olmaydi va sodir bo‘layotgan barcha narsadan xabardor bo‘lmaydi.

Shuning uchun kelajakdagi xatarlarni faqat mavjud ma’lumotlarga asoslanib loyihalashtirishga harakat qilish zarur, ammo bu yetarli emas. 1997 yildayoq nemis sosiologi Niklas Lumann: “O‘zini o‘zi yuritadigan tizim, faqat o‘z-o‘zini yo‘nalish natijalarni beradi: g‘oyalarda yangilik yaratmaydi”, degan edi.

Agar xavfning mavjudligi noaniq bo‘lsa va tezlik uning katalizatori bo‘lsa, biz yangi elementlarni emas, balki yangi metodlarni izlashimiz kerak. Buni qanday qilish kerak?

Sosiolog Charlz Perrou 1984 yilda bir qiziq teoriyani ilgari surgan. Unga ko‘ra, tizimlarni aytaylik, bizning xalqaro tartibimizni – juda katta voqealar emas, kutilmagan muvaffaqiyatsizliklarday bo‘lib ko‘ringan va bizning nazdimizda ahamiyatsiz bo‘lgan kichik xatolar yemiradi.

Ularning sodir bo‘lishiga ijozat bersak, tizim ustunlarini ko‘rinmas va yashirin ravishda yorib yuboradigan kaskad effektini yaratadilar. Shunday qilib kalit, katta ehtimolliklar va katta xavflarini tahlil qilish emas, balki yuqori ta’sirning kichik tafsilotlarini topishdadir.

Bizning sistemamiz shunchalik murakkabki, biz ularning o‘zaro bog‘liqliklarida sodir bo‘layotgan barcha narsalarni kuzatish imkoniyatini yo‘qotganmiz.

Shunday ekan, xavfni idrok qilish va uning realligi o‘rtasida aniq farq bor. Aholi ko‘proq yaqqol ko‘zga tashlanadigan voqealarga e’tiborni qaratadi – ularning jiddiylik darajasi kamroq yoki ozroq bo‘lishi mumkin, ammo, insoniyat uchun mavjud bo‘lgan kelajakdagi jiddiy xatarlar orqa fonda qolib ketadi.

Biroq, kelajakdagi xatarlar yetarlicha baholanmaganligi aholining aybi yoki javobgarligi emas. Aksincha, masalaning ko‘rinishi va ishonchli ma’lumotning mavjudligi, jamiyatning uyg‘onishi va kelajakda nimalar bo‘lishini anglashni boshlaganiga bog‘liq.

Buning uchun javobgarlik hukumatlar qo‘lida. Davlat uzoq muddatli istiqbolga ega bo‘lgan boshqaruv tizimini yangilashi va fuqarolarni shunchaki passiv ma’lumot oluvchi emas, balki sherikka aylantirishi kerak.

Aslida vaqtimizni tejashga yordam berishi kerak bo‘lgan texnologiyalar, paradoksal ravishda hayotimizni tezlashayotganini his qilishimizga imkon beradigan hozirgi dunyoda, kutish siyosatidan ko‘ra, reaksiyaga qarshi idrok va voqelik o‘rtasida o‘zaro ko‘prik quradigan siyosatni ilgari surish juda muhimdir.

Qisqa qilib aytganda: noaniqlik sharoitida umumiy boshqaruvga o‘tish lozim.

Nurbek ALIMOV, 

Xalqaro munosabatlar eksperti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!