Infantinoning to‘rtinchi muddatga saylanish rejasi FIFA nizomiga zid deb topilmoqda

Infantinoning to‘rtinchi muddatga saylanish rejasi FIFA nizomiga zid deb topilmoqda

Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi FairSquare notijorat tashkiloti Janni Infantinoni FIFA prezidenti saylovida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda. Tashkilot bunga prezidentlik muddatlari bo‘yicha belgilangan cheklov buzilayotganini sabab qilib ko‘rsatgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

FairSquare FIFAning boshqaruv, audit va qoidalarga rioya qilish qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida Infantinoning to‘rtinchi muddatga saylanish imkoniyati tashkilot nizomiga zid ekanini ta’kidlagan. FIFA qoidalariga ko‘ra, prezident lavozimini uch muddatdan ortiq egallash mumkin emas.

Biroq 2022 yilda tegishli qo‘mita Infantinoning 2016–2019 yillardagi birinchi prezidentlik muddatini hisobga olmaslik haqida qaror chiqargan. Bunga u Yozef Blatterning muddatidan oldin tugagan prezidentlik davrini yakunlagani asos qilib ko‘rsatilgan.

FairSquare esa bu qarorni qonuniy deb hisoblamaydi. Tashkilot fikricha, FIFA nizomida bunday istisnolar mavjud emas — prezidentlik muddati qancha davom etgani yoki rahbar qaysi kongressda saylanganining ahamiyati yo‘q.

Masalaga Norvegiya futbol federasiyasi ham qo‘shilib, FairSquare shikoyatini qo‘llab-quvvatladi.

FIFA rahbariyati atrofidagi bahslar, jumladan, turnirlardagi ulushlarni sotish rejalari fonida Infantinoning yana bir bor saylanish istiqboli murakkablashishi mumkin. Manbaga ko‘ra, uning siyosatiga UEFA, CONCACAF va Osiyo futbol konfederasiyasi vakillari ham qarshilik bildirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни ра