Indoneziyada toshda chizilgan eng qadimgi rasm topildi

Indoneziyada toshda chizilgan eng qadimgi rasm topildi

Arxeologlar Indoneziyadagi Sulavesi orolining janubidagi g‘ordan kamida 45 ming yildan ziyod bo‘lgan soqoldor cho‘chqa tasvirini topishdi. Chizma qizil oxra (sariq yoki qizil tusli mineral bo‘yoq)da qo‘llanilgan.

Sciyencye Advances ilmiy jurnalida ta’kidlanganidek, tafsilotlar dastlab uchta cho‘chqa va noaniq boshqa bir hayvon bo‘lganligini ko‘rsatadi.

"Chizmalarni yaratgan odamlar biz kabi zamonaviy edi. Ular har qanday narsani chizish qobiliyati va vositalariga ega bo‘lgan", dedi "Sciyence Advances"da chop etilgan maqola muallifi Maksim Obert. Uning so‘zlari BBC News tomonidan keltirilgan.

Mutaxassislar endi Indoneziyaning sharqiy qismida 60-70 ming yil oldin Janubi-Sharqiy Osiyoga kelgan Homo sapiens (ongli inson) davriga tegishli bo‘lgan tosh san’atining boshqa namunalarini topishga umid qilishmoqda.

Topilma insonning badiiy ifoda tarixi Yevropada boshlanganini shubha ostiga qo‘yadi.

G.Xoldorova tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!