Indoneziyada ro‘y bergan dahshatli zilzila oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada ro‘y bergan dahshatli zilzila oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Bugun Indoneziyaning Sulavesi orolida 6,3 balli zilzila ro‘y berdi. Oqibatda 34 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 600ga yaqin inson jabrlandi. Bu haqda CNN xabar qildi.

Tabiiy ofat epimarkazi Majen shahridan shimoli-sharq tarafga 6 km. uzoqlikda qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu davlatda payshanba kuni ham yer qimirlagandi. 

Mamlakat favqulodda vaziyatlar agentligining ma’lum qilishicha, ketma-ket zilzilalar natijasida hududlarda kamida uchta tuproq ko‘chishi sodir bo‘lgan, elektr ta’minoti uzilib qolgan. Ko‘priklarga zarar yetgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!