Indoneziyada bortida 243 kishi bo‘lgan parom bilan aloqa uzildi

Indoneziyada bortida 243 kishi bo‘lgan parom bilan aloqa uzildi

Qayd etilishicha, kema bortida 243 yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bo‘lgan. Yakshanba kuni ertalab Sharqiy Yavadagi Surabaya shahridan chiqqandan so‘ng parom bilan aloqa uzilgan.

Bu haqda mahalliy qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari Putu Sudayana ma’lum qildi.

Sudayaning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar kemaga yetib borish uchun balandligi 2,5 metr (8,2 fut) bo‘lgan to‘lqinlarni yengib o‘tishga majbur bo‘lgan.

APA xabariga ko‘ra, Indoneziyada Yava va Borneo orollari o‘rtasida harakatlanayotgan Virgo Transport 8 paromining 103 nafar yo‘lovchisi qutqarib olindi. Bir kishi halok bo‘ldi.

Trisakti tumanida tezkor shtab tashkil etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kema operatori kema noqulay ob-havo sharoitiga duch kelgani haqida ma’lumot olgach, hodisa haqida xabar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэ