Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari T.P. (muqaddam JKning 167, 209-moddalari bilan sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib 172 gektar lalmi yer maydonda uzumzor tashkil tashkil qilish uchun 47,6 ming dona beton ustunlarni yetkazib bermasdan jami 1,4 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.s.” MCHJga ajratilgan 240 ming AQSh dollari kredit evaziga xarid qilingan mebel jihozlari ishlab chiqarish uskunalarini MCHJ rahbari E.S. boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘ini qaytarmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!