Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning qo‘lyozmalari elektron shaklda O‘zbekistonga olib kelindi

Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning qo‘lyozmalari elektron shaklda O‘zbekistonga olib kelindi

Quddus shahridagi Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qo‘lyozmalari elektron nusxalari hamda kutubxonadagi qo‘lyozmalar katalogi O‘zbekistonga olib kelindi.

Shuningdek, Isroil davlat arxivi saqlovidagi Buxoro yahudiylari uyushmasiga tegishli hujjatlar to‘plami (1940−1960 y.) hamda O‘zbekistonning ilk mustaqillik bayrami munosabati bilan yuborilgan tabriknoma va tabrik uchun bildirilgan tashakkurnoma xatlar to‘plami (1992 y.) nusxalari ham O‘zbekistonga keltirilgan.

Hujjatlar O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan o‘rnatilgan tartibda davlat saqloviga qabul qilib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!