Ilon Maskning rafiqasi kasalxonaga yotqizildi

Ilon Maskning rafiqasi kasalxonaga yotqizildi

Kanadalik qo‘shiqchi Grayms (asl ismi – Kler Boucher), Ilon Maskning rafiqasi NBC telekanalidagi Saturday Night Live teleshousiga suratga tushganidan keyin vahima xuruji tufayli kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda u instagramda yozdi.

"Men [teleko‘rsatuvdagi fotosuratni] joylashtirishni unutib qo‘ydim, chunki qandaydir tarzda o‘zimda vahima his qildim va kasalxonada yotdim, bu juda qo‘rqinchli edi. Menimcha, hozir terapiyani boshlash vaqti keldi", – deb yozdi Grayms. Shuningdek, u Maskning aktyorligini yuqori baholadi va taklif uchun estrada xonandasi Mayli Sayrusga minnatdorchilik bildirdi.

Shouning navbatdagi sonida qatnashgan Mask va Grayms Super Mario video o‘yinlari seriyasining qahramonlari sifatida harakat qilishdi. Multibillioner yovuz Vario rolini, qo‘shiqchi esa qahramonning sevgilisi rolini ijro etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!