Ilon Mask yuzga yaqin tansoqchi yolladi. U nimadan qo‘rqayotgani ham ma’lum

Ilon Mask yuzga yaqin tansoqchi yolladi. U nimadan qo‘rqayotgani ham ma’lum

Tesla va SpaceX asoschisi hamda Tvitter egasi milliarder Ilon Mask o‘zining xavfsizligi va yaqinlarining xavfsizligidan jiddiy qo‘rqadi.

Bu haqda Britaniyaning Sun gazetasi Maskning Janubiy Afrikada yashovchi otasi Errolning so‘zlariga tayanib yozmoqda. U nashr bilan suhbatda o‘g‘li yuzga yaqin tansoqchi yollaganini ta’kidladi.

Otasining so‘zlariga ko‘ra, Ilon Mask o‘g‘irlanishidan qo‘rqadi, chunki unga tahdidlar keladi. Milliarderning otasining uyidagi xavfsizlik tizimlari ham yangilandi, o‘tgan oyda yuqori texnologiyali videokuzatuv tizimi va elektrlashtirilgan panjaralar o‘rnatildi, shuningdek, 24 soatlik qo‘riqchilar qo‘yildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Ilon Mask noxush hodisa haqida xabar bergan edi: noma’lum shaxs milliarderning bolasi bilan mashinani ta’qib qilgan, so‘ng mashina yo‘lini to‘sib, kapotga chiqib olgan. Tadbirkor tajovuzkor uni mashinada ko‘rishni kutganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!