Ilon Mask Twitter daromadini besh baravar oshirmoqchi

Ilon Mask  Twitter daromadini besh baravar oshirmoqchi

Ilon Mask olti yil ichida Twitter daromadini besh baravar oshirishni maqsad qilgan, deb yozadi The New York Times investorlarning taqdimotlariga asoslanib.

Ma’lumotga ko‘ra, Mask 2028 yilga borib Twitter'ning yillik daromadini 26,4 milliard dollarga yetkazmoqchi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich qariyb 5 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu bilan birga, u reklama daromadlari va obunalardan olingan mablag‘lar nisbatini ikkinchisi foydasiga o‘zgartirmoqchi. Shunday qilib, olti yil ichida pullik obunalardan tushgan daromad 10 milliard dollarga yetishi kerak.

Tadbirkor shuningdek, 2028 yilga borib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni to‘rt baravardan oshib, o‘tgan yil oxiridagi 217 million foydalanuvchidan olti yil ichida 931 millionga yetishini kutmoqda. Shu bilan birga, ularning 104 millioni, Maskning rejalariga ko‘ra, pullik abonentlar bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!