Ilon Mask Teslaning aksiyalari narxini pasaytirdi. Sababi...

Ilon Mask Teslaning aksiyalari narxini pasaytirdi. Sababi...

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask 22 sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Batareya kuni — akkumulyatorlar bilan bog‘liq yangi texnologiyalarning taqdimoti kunida kompaniya aksiyalarining narxini pastlatdi, deb xabar beradi CNBC.

Tesla o‘z elektromobillari uchun batareyalarni uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi, masalan, Panasonic. Tahlilchilar 22 sentyabr kuni kompaniyaning o‘z akkumulyatorlarini namoyish qilishiga umid qilishdi, bu esa Teslaning elektromobillar bozoridagi raqobatchilaridan ustunligini ta’minlashga imkon berardi.

Mask o‘z qarori bilan investorlarning umidlarini puchga chiqardi. Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, seshanba kuni namoyish qilingan Tesla Semi elektr yuk mashinasi, Cybertruck pikapi va Roadster sport avtomobili ishlab chiqarishga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi. “Ammo biz ko‘rsatadigan narsa 2022 yilgacha ommaviy ishlab chiqarilmaydi”, deb yozgan Mask Twitterda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tesla Panasonic, LG va SATL batareyalarini sotib olishni ko‘paytirmoqda. Biroq, batareyalarni sotib olish hajmi o‘sgan taqdirda ham, Tesla o‘z ishlab chiqarishini o‘rnatmasa, kompaniyada texnika tanqisligi 2022 yilga davom etishi aytilmoqda.

Maskning seshanba kuni AQShda savdolar ochilganidan keyin bergan bayonoti natijasida Nasdaq ma’lumotlariga ko‘ra Tesla aksiyalari 6 foizga tushib ketdi. Pasayishga qaramay, qimmatli qog‘ozlar narxi yil boshiga nisbatan to‘rt baravar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!