Ilon Mask Starlink global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi (video)

Ilon Mask Starlink global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi (video)

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida sun’iy yo‘ldoshlarning navbatdagi partiyasini uchirdi. Ushbu jarayon YouTube orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi.

Orbital aloqaning 60 ta sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketasi Toshkent vaqti bilan 19:56 da Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidan uchirilgan. Raketaning ko‘p martalik tayanchi Of Course I Still Love You suzuvchi platformasiga Atlantika okeanining sharqiy sohillariga qo‘ngan. Kompaniya o‘z Twitter’dagi sahifasida bu to‘rtinchi uchish va tayanchning ilk bor qo‘ndirilishi ekanini bildirgan.

SpaceX global internet uchun Starlink dasturi haqida 2015 yilda e’lon qilgan. Dastur doirasida 12 mingta sun’iy yo‘ldosh uchiriladi: 1,1–1,3 ming kilometr balandlik uchun 4425 ta, va 335–346 kiometr balandlikdagi 7518 ta qurilma. Oktyabrda Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali koinotdagi internetdan Twitter’dagi birinchi tvitini yozgan. Kompaniya bayonotiga ko‘ra tizimning o‘tkazuvchanlik qobiliyati bitta foydalanuvchi uchun 1 soniyda 1 gigabitni tashkil etadi.

25 mayda Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlar muvafaqiyatli ishga tushirilib, kosmik qurilmalar internetga ulanganini ma’lum qilgan. O‘zbekiston aholisi 26 mayga o‘tar kechasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan Starlink (butunjahon interneti) dasturi doirasida uchirilgan 60 ta sun’iy yo‘ldoshning uchib o‘tishini kuzatish imkoniga ega bo‘lgandi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!