Ilon Mask "Cybertruck"ning narxi nega yuqoriligi haqida gapirdi

Ilon Mask "Cybertruck"ning narxi nega yuqoriligi haqida gapirdi

Aksiyadorlar yig‘ilishida Tesla bosh direktori o‘tmishda bergan va’dalarini takrorladi. Xususan, u Tesla haydovchisiz harakatlanishga qodir bo‘lgan mashinalarni yaratishga yaqinlashayotganini aytdi.

Ammo u aksiyadorlarga juda yoqimli bo‘lmagan bir nechta yangiliklarni aytib berdi, kompaniya 2023 yil o‘rtalarida Cybertruck'ni chiqarishni rejalashtirayotganini, ammo 2019 yilda eksperimental pikap taqdim etilganida e’lon qilingan xususiyatlar va narxlarga ega bo‘lgan mashinani sota olmasligini ta’kidladi.

Mask Cybertruck'ning kutilgandan yuqori narxi haqida shunday dedi: "Menimcha, bularning hammasi yuqori inflyasiya natijasida yuzaga kelmoqda".

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tesla kelgusi oylarda Texasning Ostin shahridagi zavodida Cybertruck ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatishni boshlaydi.

Bitta elektr motorli Cybertruck e’lon qilingan paytda, oldindan buyurtma berish uchun 39 900 dollar taklif qilindi, ikkita elektr motor versiyasi 49 900 dollarga, uch motorli versiya esa 69 900 dollarga tushdi.

Cybertruck'ning xususiyatlari va narxi qanday o‘zgarishi va tafsilotlar haqida avtomobil ishlab chiqarilganidan so‘ng batafsil ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!