Ilon Mask AQSh prezidentligiga kimning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Ilon Mask AQSh prezidentligiga kimning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Ilon Mask Florida shtati gubernatori Roy Desantis nomzodini 2024 yilgi prezidentlik saylovida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda tadbirkor Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

Mask Desantisni qo‘llab quvvatlaysizmi, degan savolga ijobiy javob bergan. Florida gubernatori hozircha saylovda ishtirok etishini ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, bundan avval sobiq prezident Donald Tramp u bilan raqobatlashishi ehtimolini istisno etmagandi.

Noyabr boshida Ilon Mask shu yilga qadar faqat demokratlarga ovoz berib kelganini ta’kidlagandi.

Bundan oldin mashhur reper Kanye Uest prezidentlikka nomzodini ilgari surishini e’lon qilgandi. U hatto Tramp bilan uchrashib, unga vise-prezidentlikni taklif qildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, sobiq prezident Uestga bu taklifdan so‘ng baqirib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!