Ilon Mask 5 kunda qancha zarar ko‘rdi?

Ilon Mask 5 kunda qancha zarar ko‘rdi?

2020 yilda AQShlik Ilon Mask tezkorlik bilan boylik to‘plash bo‘yicha tarixiy rekordlarni o‘rnatgandi. Ammo, hozirda Maskning boyligi keskin kamayishi davom etmoqda.

Tesla kompaniyasining bosh ijrochi direktori hisoblanuvchi Mask 1 martdan beri 27 milliard dollarni yo‘qotdi. Bunga Tesla avtokonsernining aksiyalari narxi tushib ketishi sabab bo‘lgan. Ayni paytda Maskning umumiy boyligi 156.9 milliard dollarni tashkil qiladi va u bu bilan Bloombergning milliarderlar indeksida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Lekin, Mask dunyoning birinchi raqamli milliarderi Jeff Bezosdan deyarli 20 milliard dollarga ortda qolmoqda. Bezos boylar ro‘yxatining birinchi o‘rniga o‘tgan haftada qaytgandi.

Maskning boyligi so‘nggi paytlarda kamayayotganiga qaramay, uning o‘tgan yildagi muvaffaqiyati juda ulkan bo‘ldi. Masalan, 2020 yilda Teslaning aksiyalari narxi 743 foizga o‘sgan. 2021 yilning boshiga kelib Mask Jeff Bezosni quvib o‘tib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Yanvar oyining oxirlariga kelib uning boyligi 210 milliard dollarga yetgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!