Ilk oltin medal sohibasi bo‘lgan kikbokschi muslima tarixga kiradigan bo‘ldi

Ilk oltin medal sohibasi bo‘lgan kikbokschi muslima tarixga kiradigan bo‘ldi

Saudiyalik ayollar mutaxassislik sohalarida tobora yangi jabhalarni kashf etishmoqda va muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishmoqda. Xususan, saudiyalik ayol sportchi aralash jang san’ati (MMA) kurashchisi Zaxro al-Qurashiy kikboksing bo‘yicha o‘z mamlakatiga oltin medalni olib berib, tarixga kirdi.

Muslima Iordaniyaning poytaxtida bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha ochiq turnirda turli davlatlardan tashrif buyurgan 70 kg vaznlilar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Finalda hijobdagi sportchi Zaxro iordaniyalik raqibi Xibu Abdul-Jalil bilan to‘qnash kelib, uni mag‘lubiyatga uchratdi, xabar beradi ArabNewsga tayangan holda IslamNews.

Kikboksingga men tasodifan kirib qoldim. Men shunchaki sport bilan shug‘ullanmoqchi edim va mening vaqtimga shu seksiya to‘g‘ri keldi. Shu tariqa mashg‘ulotlarga qatnasha boshladim , deya hikoya qiladi Zaxro sportga kirib kelishi haqida.

Juda ko‘plab insonlar muslimani muvaffaqiyati bilan muborakbod etmoqdalar.

Manba: fitrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!