Ilk bor taekvondochi qizimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Ilk bor taekvondochi qizimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

JChning ikkinchi kunida vakillarimiz yana uchta medalga ega chiqishdi.

E’tiborlisi, Laylo Hasanova barcha raqibalarini taslim etdi va qizlarimiz orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek tayekvondochisi bo‘ldi.

O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi ikki kun ichida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etib turibdi. Ikkinchi kun dasturida shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz:

-41 kg: Laylo Hasanova (oltin)
-33 kg: Dilmurod Ma’rufjonov (kumush)
-47 kg: Sofiya Xan (bronza)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!