JCH-2026 musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan Fransiya — Paragvay (1:0) uchrashuvida o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashevning harakatlari xalqaro sport jamoatchiligi, xususan, nufuzli nashrlar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
5 iyul kuni AQShdagi “Filadelfiya” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Paragvay vakillari Fransiyaga qarshi o‘ta qo‘pol o‘yin namoyish etdi. Uchrashuv davomida Janubiy Amerika vakillari tomonidan ko‘plab keskin harakatlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Ilgiz Tantashev paragvaylik futbolchilarga birorta ham sariq kartochka ko‘rsatmadi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Kilian Mbappe va paragvaylik Andres Kubas o‘rtasida jiddiy ziddiyat yuzaga keldi. Tez orada bu holatga har ikki jamoa futbolchilari, xususan, Usmon Dembele ham kelib qo‘shildi. Shuningdek, paragvaylik Matias Galyarsa to‘psiz holatda turgan Mbappega qarshi qo‘pol harakat qildi. Takroriy lavhalarda u fransiyalik hujumchining qo‘liga zarba bergani ko‘ringan. Biroq hakam ushbu vaziyatlarning hech birida qoidabuzarlarni ogohlantirmadi.
Buning o‘rniga, uchrashuv yakuniga yaqin fransiyalik futbolchilar — Manu Kone (81-daqiqa) va Maykl Olise (90+7-daqiqa) sariq kartochka bilan jazolandi. Paragvayliklar esa o‘yinni bitta ham ogohlantirishsiz yakunladi.
O‘yindagi yagona va hal qiluvchi gol 70-daqiqada kiritildi. Zaxiradan maydonga tushgan Dezire Due jarima maydonchasida yiqitilgach, Tantashev dastlab qoidabuzarlikni qayd etmadi. Faqatgina VAR aralashuvi va monitordagi takroriy lavhalardan so‘ng penalti belgilandi. Uni Mbappe aniq amalga oshirib, turnirdagi o‘zining 7-golini (Jahon chempionatlaridagi 19-golini) kiritdi.
Hakamlar faoliyatini tahlil qiluvchi nufuzli Archivo VAR portali Tantashevning ushbu o‘yindagi ishini 10 ballik tizimda 1 ballga loyiq ko‘rib, holatni JCH-2026 dagi eng yomon hakamlik deb atadi:
“O‘zbekistonlik hakam mutlaqo unutishi kerak bo‘lgan kun. Uning ishida birorta ham ijobiy jihatni ajratib ko‘rsatish qiyin. U ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi va shundoq ko‘rinib turgan sariq kartochkalarni ko‘rsatmadi. Buning ustiga, ikkinchi bo‘limda Duega nisbatan ishlangan aniq penaltini ham o‘tkazib yubordi va VAR hakamni monitor yoniga chaqirishga majbur bo‘ldi. O‘yinchilar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarda u o‘zini xuddi yosh boladek tutdi va o‘yindagi keskinlikni mutlaqo nazorat qila olmadi”.
Britaniyaning mashhur The Sun nashri ham uchrashuvdagi hakamlik qarorlarini ochiqchasiga tanqid qildi:
“Fransiya bu o‘yinni imkon qadar tezroq unutishni xohlaydi. Paragvay o‘zining qo‘pol o‘yiniga qaramay, bitta ham ogohlantirish olmaganiga ishonish qiyin. Paragvaylik futbolchilar doimiy ravishda hakamni o‘rab olishdi, u esa tushunarsiz sabablarga ko‘ra ularning barcha qo‘polliklariga ko‘z yumdi. Yaxshiyamki, fransuzlar ushbu tartibsiz o‘yindan jarohatlarsiz omon chiqishdi. Turnirda o‘zini nomardlarcha tutganlarning omadi chopmadi”.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu qiyin g‘alabadan so‘ng Fransiya milliy jamoasi chorak finalga yo‘llanma oldi va endi 10 iyul kuni yarim final yo‘llanmasi uchun Marokashga qarshi bahs olib boradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Самарқанднинг “Динамо” клуби Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Жаҳонгир Ўрозов бўйича келиб тушадиган трансфер таклифларини кўриб чиқишга тайёр.
ФИФА Тартиб-интизом қўмитаси АҚШ терма жамоаси ҳужумчиси Фоларин Балогуннинг ЖЧ-2026 1/16 финалидан ўрин олган Босния ва Герцеговинага (2:0) қарши баҳсдаги қизил карточкаси учун берилган бир ўйинлик дисквалификациясини вақтинча тўхтатди.
“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.
Июнь ойида Германияда иссиқлик тўлқинлари туфайли тахминан 5,1 минг киши вафот этди. Роберт Кох институти олимлари бундай об-ҳаво шароитлари баъзи одамлар учун хавф туғдиришда давом этишини башорат қилмоқда.
Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) матбуот хизмати тарқатган маълумотга кўра, Мўжтаба Хоманаий АҚШ ва Исроилдан Али Хоманаий ҳамда бошқа эронликларнинг ўлими учун қасос олишга ваъда берди.
Исроиллик кўчманчилар томонидан босиб олинган Ғарбий Соҳилнинг Ал-Халил (Хеврон) ва Наблус ҳудудларида уюштирилган ҳужумлар оқибатида етти нафар фаластинлик жароҳат олди. Жабрланганлар орасида икки нафар бола, тўрт нафар аёл ва бир кекса эркак бор.
Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков АҚШ Украинага Россия инфратузилмасига ҳужумларни тўхтатиш учун босим ўтказишга тайёрми ёки йўқми, деган саволга Оқ уй жавоб бериши кераклигини билдирди.
2026 йил 7 июль куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулованинг Ўзбекистон Республикасига амалга оширган хизмат сафари доирасида Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазири Эъзозхон Каримова билан учрашув бўлиб ўтди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко музокаралар якунлари тўғрисида оммавий ахборот воситалари вакиллари учун баёнот бердилар.