Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi belgilandi

Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.

📝 Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

🗓 O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

🌐 Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1 iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

✅ Qabul natijalari har yili 30 avgustgacha OTM tomonidan e’lon qilinadi.

➡️ Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

⚠️ Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❕Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!