Ikkinchi jahon urushidagi eng qimmatbaho buyum

Ikkinchi jahon urushidagi eng qimmatbaho buyum

Ikkinchi jahon urushidagi eng qimmatbaho buyumlar orasida Adolf Gitlerga tegishli zirhli Mercedes Benz 770k yetakchilik qiladi.

Urushdan keyin bu avtomobil mashina sotuvchi Mixael Frelihning qo‘liga o‘tgan. Yangi xo‘jayin arxiv hujjatlari va fotosuratlarini o‘rganib chiqqan va aynan shu hashamdor Mercedes'da Uchinchi Reyxning rahbari yurganini isbotlab bergan.

1945 yildan keyin mashina Avstriyada, keyinchalik Las-Vegasda paydo bo‘lgan va keyinchalik myunxenlik bir ishbilarmon uni sotib olgan. 2009 yilda esa Adolf Gitlerga tegishli bo‘lgan Mercedes Benz 770k rusumli mashinani ismi noma’lum qolishni istagan moskvalik bir milliarder 10 million yevroga xarid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!