Ikkinchi guruh nogironligidan birinchi guruhga o‘tkazish tartibi qanday?

Ikkinchi guruh nogironligidan birinchi guruhga o‘tkazish tartibi qanday?

— Qizimga ikkinchi guruh nogironligi belgilangan. 2012 yildan beri nogironlik nafaqasini olyapman. Ammo hozir qizim o‘zi ovqat yemaydi, yurmaydi. Faqat yotadi. Qizimni iloji bo‘lsa birinchi guruhga o‘tkazsam bo‘ladimi?

— Nogironlik tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan berilgan xulosalarga asosan belgilanadi. Hukumat qaroriga ko‘ra “muddatidan oldin qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, belgilangan tartibda, sog‘liqning holati va hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi o‘zgarganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligi bosh TMEK, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirilganda, TMEK qarorining asossizligi holatlari aniqlanganda, shuningdek agar TMEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilganda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi” (Vazirlar Mahkamasining 01.07.2011 y. 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 33-band), deb ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilarga asosan qizingizni holatida og‘ir o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa TMEKga ariza bilan murojaat qilib, qayta tekshiruvdan o‘tkazishni so‘rashingiz lozim. TMEK arizangizga asosan 15 kun davomida qayta tekshirish o‘tkazib, nogironlikni belgilab beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!