Ikki yoshli bolakay basketbol dunyosida “sensasiya”ga aylandi (video)

Ikki yoshli bolakay basketbol dunyosida “sensasiya”ga aylandi (video)

Xitoylik ikki yoshli Li Moden-Syan basketbol dunyosida Internet “sensasiya”siga aylandi.

Hali juda ham kichkina bo‘lishiga qaramay, uch metrli nishonni ura oladigan kichkintoy ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvlar to‘playdi.

Ikki yoshli bolakay tom ma’noda hamma joyda basketbol o‘ynay oladi: uyining hovlisidagi o‘yin maydonchasida yoki ko‘chada... Bunda basketbol halqasi rolini avtomobil yukxonasi yoki otasi bajaradi.

Yosh basketbolchining kolleksiyasida allaqachin 40 ta basketbol to‘pi mavjud.

Har kuni ikki-uch soat davomida mashg‘ulotlarda band bo‘ladigan  Moden-Syan Internetda allaqachon Kichkina Jordan hamda kelajakdagi NBA yulduzi deb ta’kidlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!