Ikki kun ichida 19 mlrd dollar yo‘q! Nega?

Ikki kun ichida 19 mlrd dollar yo‘q! Nega?

Amazon rahbari va egalaridan biri, dunyodagi eng boy odam deb topilgan Jeff Bezos so‘nggi ikki kun ichida 19,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bunday yo‘qotishlar Amazon aksiyalarining qiymatini 26 oktyabrda 7,8%ga, 29 oktyabrda esa 6,3%ga pasayishi natijasi hisoblanadi. Kompaniyaning daromadlari haqidagi hisobot aksiyalar qiymatining arzonlashishiga olib kelgan, ular kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi.

Aniqlik kiritilishicha, Bezos boyligi hozirgi paytda 128,1 milliard dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, u hamon Bloomberg Billionaires Index - dunyodagi eng boy odamlarning reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!