Ikki hududda zovurga tushib ketgan avtomobillar olib chiqildi

Ikki hududda zovurga tushib ketgan avtomobillar olib chiqildi

Bugun, 21 yanvar kuni soat 06:00da Toshkent viloyati Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Ayriota” mahallasidan oqib o‘tuvchi zovurga “Matiz” rusumli avtomobil, bundan tashqari Xorazm viloyati Urganch shahar FV bo‘limgayam “Nexia-3” rusumli avtomobil zovurga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzillarga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobillarni zovurdan olib chiqdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!