Ijtimoiy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
🔰 Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy, ekologik muammolarni hal etishga yoki ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb e’tirof etilishi belgilandi.
📖 Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
🤓 imtiyozlar va preferensiyalar berish;
🤓 ijtimoiy loyihalarga doir xarajatlarni subsidiyalash;
🤓 davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish;
🤓 moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
🤓 xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
🤓 maslahat berish, uslubiy yordam ko‘rsatish va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlash.
📒 Qonunchilikka rioya etish bilan bir qatorda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shgan hamda o‘z faoliyatining inson huquqlariga, atrof-muhitga va jamoat manfaatlariga nisbatan salbiy ta’sirining oldini olish uchun choralar ko‘rgan holda tadbirkorlikni amalga oshirish mas’uliyatli biznes yuritish deb e’tirof etiladi.
📝 Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mas’uliyatli biznes yuritishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
➖ inson huquqlariga rioya etish;
➖ mehnatga va ishlab chiqarishga oid munosabatlar sohasida har qanday qonunga xilof amaliyotga yo‘l qo‘ymaslik;
➖ atrof-muhitni, o‘z xodimlarining va aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda uni bartaraf etish va boshqalar.
