Ijtimoiy reestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi

Ijtimoiy reestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni Ijtimoiy reestrdan chiqarish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, oilani Ijtimoiy reestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi. Reestrning asosiy maqsadi — ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish va zarur yordam hamda xizmatlarni ko‘rsatish.

Agentlik ta’kidlashicha, reestrdan chiqarish belgilangan reja yoki ko‘rsatkichni bajarish uchun emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati amalda yaxshilangani va belgilangan mezonlarga javob bergani asosida amalga oshirilishi kerak.

Muayyan hududdagi kambag‘allik darajasi esa Jahon banki metodologiyasi asosida belgilangan standartlar bo‘yicha o‘tkaziladigan so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya inspeksiyasi reestrdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha nazorat ishlarini olib borib, qabul qilingan qarorlarning belgilangan mezon va tartiblarga muvofiqligini o‘rganmoqda.

Agentlik pozisiyasiga ko‘ra, asosiy maqsad fuqaroni reestrdan chiqarish emas, balki oilani haqiqatan ham kambag‘allikdan chiqarish va ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!