IIV binosida guvoh qiz bir necha bor zo‘rlangan. 18 kishi ishdan ketdi

IIV binosida guvoh qiz bir necha bor zo‘rlangan. 18 kishi ishdan ketdi

Ukrainada, Kagarlik milisiya bo‘limida qizning zo‘rlangani bo‘yicha 18 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yekaterina Pavlichenko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bo‘limda xizmat tekshiruvi va qayta attestasiya o‘tkazilgan.

“Natijada 18 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 15 nafarga yaqin xodim ichki ishlar organlaridagi xizmatidan chetlashtirildi, ayrimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi”, — dedi Pavlichenko.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning may oyida Kiyev viloyatining Kagarlik shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari IIV bo‘limida guvoh sifatida chaqirilgan qizni bir necha bor zo‘rlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!