IIO xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o‘tirgan video tarqaldi

IIO xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o‘tirgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o‘tirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 2017 yilning avgust oyida Toshkent shahar Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan metropoliten xizmat xonasida sodir etilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, har bir xodimga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!