IIBB yo‘llarni ajratish uchun o‘rnatilgan to‘siqlarning zararini tan oldi

IIBB yo‘llarni ajratish uchun o‘rnatilgan to‘siqlarning zararini tan oldi

Toshkentdagi yo‘llar o‘rtasiga o‘rnatilgan metall to‘siqlarning qariyb barchasi demontaj qilindi. IIBB bu yo‘llardagi avariyalar sonining kamayishiga yordam berganini ma’lum qildi.

Bu boshidanoq ravshan edi, biroq Toshkent ko‘chalarida ajratuvchi to‘siqlarning xavfli ekanini tan olish uchun yillar talab qilindi.

6 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda IIBB YHXB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Aziz Sadirovning ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev qarori bilan ko‘chalar o‘rtasidagi barcha metall to‘siqlar demontaj qilinmoqda.

Ayni vaqtga qadar uch-to‘rtta ko‘cha qoldi, tez orada ular ham demontaj qilinadi, dedi YHXB boshlig‘i o‘rinbosari.

Ikkinchi hayot. Demontaj qilingan panjaralardan maktablar va bolalar bog‘chalarida devor sifatida foydalanilmoqda.

YHXB yo‘l harakati nazorat katta inspektori Aleksandr Filippovning so‘zlariga ko‘ra, to‘siqlarning olib tashlanishi avariyalarning kamayishiga olib keldi.

«Mazkur to‘siqlarni olib tashlash bilan biz piyodalar bilan bog‘liq YTH sonini kamaytirdik. Ko‘z ilg‘ash darajasi yaxshilandi, chorrahalarda aylanish osonlashdi», — dedi u.

«30 ta ko‘chaga o‘rnatiladigan metall to‘siqlar nafaqat haydovchilarga, balki piyodalarga ham xalal berdi. Ular yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamadi. Hatto svetoforda ham yo‘lni kesib o‘tishda yaxshi ko‘rinmas edi», — dedi katta inspektor.

To‘siqlar sababli avariya va qurbon bo‘lgani aniq emas. May oyida poytaxt obodonlashtirish boshqarmasi vakili har kuni to‘rt-besh seksiyani qayta tiklashga to‘g‘ri kelganini ma’lum qilgan edi. «Xudoning bergan kuni mashinalar to‘siqlarga borib uriladi… Yiliga 1500 ga yaqin shunday holatlar sodir bo‘lmoqda», — deya xabar qilindi hokimiyatda to‘siqlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

«Gazeta.uz» to‘siqlarning xavfi to‘g‘risida ko‘plab maqolalar chop etib, ularni olib tashlashga chaqirdi. Demontaj ishlari esa 2017 yil bahoridan boshlandi. Biroq yo‘llar o‘rtasidagi yo‘qotilgan yashil hududlarni qayta tiklash yanada qiyinroq.

O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ko‘p kilometrlik to‘siqlar hamon saqlanib qolmoqda.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!