IIB xodimasi ayol kishining salomatligi va hayotini asrab qoldi

IIB xodimasi ayol kishining salomatligi va hayotini asrab qoldi

2020 yil 27 sentyabr kuni Buxoro shahrining tarixiy obidalari joylashgan turizm yo‘nalishi hisoblangan "Hakikat" ko‘chasida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidan kelgan mahalliy sayyoh Abduhakimova Muyassarning axvoli og‘irlashib hushini yuqotgan. Shu xududda xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi inspektori leytenant Ergasheva Maftuna Rahimovna tezkorlik bilan ushbu ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xizmatini chaqirtirgan.

Tibbiyot xodimlari kelguniga qadar ichki ishlar xodimasining ko‘rsatgan birinchi tibbiy yordami va tezkor chorasi natijasida ushbu fuqaroning ahvoli yaxshilangan.

Mahalliy sayyoh Abduhakimova Muyassarning turmush o‘rtog‘i hamda qizi tomonidan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshkarmasi xodimasi leytenant M.Ergashevaga minnatdorchilik bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!