“Ien” to‘foni tufayli Florida aholisining o‘n foizi elektrsiz qoldi

“Ien” to‘foni tufayli Florida aholisining o‘n foizi elektrsiz qoldi

“Ien” to‘foni oqibatida Floridada 1.8 million kishi elektrsiz qoldi.

AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim joylarda shamolning tezligi soatiga 169 kilometrni tashkil etgan.

To‘fon oqibatida Florida shtatining 10 foiz aholisi elektr tarmoqlaridan uzilib qolgan. Shtat gubernatori Ron Desantis mahalliy hukumat bu holatga barham berish uchun 30 ming mutaxassis jalb qilinganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Jozef Bayden “Ien” tufayli Floridada favqulodda holat joriy etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!