Ichki ishlar vazirligi va tizimida bir qator mulozimlar zudlik bilan ishdan olindi

Ichki ishlar vazirligi va tizimida bir qator mulozimlar zudlik bilan ishdan olindi

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi bergan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, bundan ikki kun avval soat taxminan 21.00 da Ichki ishlar idoralarida faoliyat yuritayotgan asosan rahbar xodimlar tezkor yig‘ilishga chaqirilgan.

Yig‘ilishdagi asosiy tanqidlar Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoniga qarata aytilgan va Qo‘mondon general-Dmitriy Pan o‘z lavozimidan ozod etilgan (Katta ehtimol bilan Dmitriy Panga nisbatan mansab vakolatini suiste’mol qilganlik gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan).

Dmitriy Pan bilan bir qatorda ayni shu kuni Ichki ishlar vazirining bir o‘rinbosari ham ishdan olingani aytilgan (Bu borada hali rasmiy ma’lumot yo‘q).

Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining lavozimidan olinishiga asosiy sabablardan biri mamlakatimizdagi mahkumlarni saqlash joylari (qamoqxona, manzil-koloniyalari)da ro‘y berayotgan tartibsiz hamda Ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar bo‘lgan.

Shu voqealar ortidan asosiy qamoqxonalar joylashgan viloyatlardagi ularga javobgar rahbarlar ham ishdan olina boshlagan. Jumladan, bugun Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgan.

Mana ikki kundirki, tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar Ichki ishlar vazirligi Matubot xizmati tomonidan matbuotga ochiqlanmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!