Ibrahimovich 8 oylik tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi

Ibrahimovich 8 oylik tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi

Zlatan Ibrahimovich jarohatidan to‘liq tiklanib, safga qaytish arafasida.

Shvesiyalik 41 yoshli forvard bugun, 3 fevraldan «Milan» jamoasining jamoaviy mashg‘ulotlarida qatnashishni boshladi. «Rossonerlar» A Seriya doirasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qayd etish joiz, Zlatan jarohati sababli 8 oydan buyon jamoasining mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgandi. U so‘nggi marta 2022 yilning 22 may kuni maydonga tushgandi. Shundan keyin tizzasidagi jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan futbolchi tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!