Husiylar Amerika harbiy kemalariga muvaffaqiyatli hujum qilmoqda

Husiylar Amerika harbiy kemalariga muvaffaqiyatli hujum qilmoqda

Yamanning husiylari Amerikaning ikki esminesiga, shuningdek, Contship Ono konteyner kemasiga hujum uyushtirdi, dedi xusiylar vakili general Yahyo Sari.

«Harbiy-havo kuchlari Adan ko‘rfazida bir nechta dronlar yordamida AQShning «Koul» esminesiga qarshi harbiy operasiya o‘tkazdi va Allohning yordami bilan operasiya o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishdi», dedi Sari chorshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.

Shu bilan birga, husiylar Qizil dengizda Liberiya bayrog‘i ostida suzib yurgan Contship Ono konteyner kemasiga ballistik raketalar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum qilganliklarini bildirdi. Sariga ko‘ra, bu hujum ham muvaffaqiyatli bo‘lgan. Kemaga hujum husiylar unga egalik qiluvchi kompaniyaga Isroil portlariga kirishni taqiqlagani sababli amalga oshirilgan.

Shuningdek, u husiylar dengiz kuchlari ballistik raketalardan foydalangan holda «Labun» esminesiga qarshi alohida operasiya o‘tkazganligini xabar qildi.

Amerika tomoni hudiylarning da’volariga hali izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!