Huquqiy targ‘ibot a’lochilari aniqlandi

Huquqiy targ‘ibot a’lochilari aniqlandi

🎖 Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari xamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔘 Jumladan:

▫️Burxanov Kutbidin Nukritdinovich – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;

▫️Artikova Svetlana Baymirzayevna – Bosh prokuror o‘rinbosari;

▫️Bekov Ixtiyor Rustamovich – Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri – yuridik fanlar doktori, professor;

▫️Narziyev Otabek Sa’diyevich – Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi – yuridik fanlar doktori, dosent;

▫️Alimov Botu Babirovich – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri vazifasini bajaruvchisi;

▫️Abdullayeva Umida Xazratovna – Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i;

▫️Karabayev Davron Shavkatovich – “UzReport” telekanali axborot xizmati direktori;

▫️Hojiyev Farhod Jumaboyevich – “O‘zbekiston 24” telekanali guruh bosh muharriri;

▫️A’zamov Quddus A’zamovich – “O‘zbekiston” telekanali “Jamoatchilik fikri” muharririyati bosh muharriri;

▫️Djumamuratov Akmal Allayarovich – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i;

▫️Kattayeva Dildora Murtazajonovna – Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi maslahatchisi;

▫️Ziyoxonov Jamshidxon Mas’udxon o‘g‘li – “Subyektiv” loyihasi boshlovchisi;

▫️Xidirov Qobil – “davletovuz” telegram kanali asoschisi, bloger;

▫️Axmedov Baxodirjon Mo‘minjon o‘g‘li – huquqshunos, bloger.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asosida ta’sis etilgan.

✅ Ko‘krak nishoni Konstitusiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

💵 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!