Human Rights Watch tashkiloti Rossiya harbiylarining Ukraina shimolidagi tinch aholiga qarshi jinoyatlarini hujjatlashtirganini da’vo qilmoqda

Human Rights Watch tashkiloti Rossiya harbiylarining Ukraina shimolidagi tinch aholiga qarshi jinoyatlarini hujjatlashtirganini da’vo qilmoqda

10 apreldan 10 maygacha HRW 65 kishi bilan suhbat o‘tkazdi, bundan tashqari, tashkilot gumon qilinayotgan jinoyatlar sodir etilgan joylarda ashyoviy dalillarni, shuningdek, jabrlanuvchilar va guvohlarning fotosuratlari va videolarini o‘rgandi.

HRW Kiyev va Chernigov viloyatlaridagi 17 ta joyda 22 ta qatl, 9 ta noqonuniy qotillik, 6 ta ehtimoliy yo‘qolish va 7 ta qiynoq holatlarini tekshirdi. Shuningdek, 21 kishi g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi sharoitlarda noqonuniy hibsga olingani haqida xabar bergan.

"Tinch aholiga nisbatan qilingan bu zo‘ravonliklar aniq harbiy jinoyatlar bo‘lib, ular zudlik bilan va xolis tergov qilinishi va tegishli tarzda javobgarlikka tortilishi kerak", — dedi HRW direktori o‘rinbosari Giorgi Gogiya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!