“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hukumat qarorini bajarmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hukumat qarorini bajarmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tadbirkorlik sub’ektlarining tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Xususan:

➖Bektemir tumanida joylashgan “Jasmin Aleks” MCHJga qarashli qog‘ozni qayta ishlash korxonasi va “Supper Xaus Ruf” MCHJga qarashli shifer ishlab chiqarish korxonasi;

➖ Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan “BEAUTY GLASS DECOR” MCHJga qarashli shishani qayta ishlash korxonalari tekshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu korxonalar kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan ajratilishi belgilangan bo‘lsada, biroq, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan shu kungacha tabiiy gaz yetkazib berib kelgan.

Korxonalar kuniga 31 000 metr kub tabiiy gazdan foydalanib ketgan. Bu esa, o‘rtacha 1 550 ta xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga topshirildi.

Hududlar bo‘ylab nazrat tadbirlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!