Hozirgi dunyo ancha xavfli bo‘lib qoldi — BMT

Hozirgi dunyo ancha xavfli bo‘lib qoldi — BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishning aytishicha, hozirgi dunyo sobiq SSSR va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi Sovuq urush davridagiga qaraganda ancha tartibsiz va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qolgan. Uzoq davom etgan matbuot anjumani chog‘ida u hozir dunyo xavfli ekanligini, chunki inqirozlarni hal qilish vositalari yo‘qligini ta’kidladi.

«Sovuq urush ikki qarama-qarshi blok o‘rtasida bo‘lib, u yerda mojarolarning oldini olishning aniq qoidalari va mexanizmlari mavjud edi. Urush hech qachon kuchayib ketmagan, chunki ma’lum bir bashorat qilish darajasi bor edi», deb tushuntirdi Guterrish. U dunyodagi mavjud xavfli vaziyatni sovuq yoki issiq urush deb atamasligini, aksincha uni «iliq qarama-qarshilikning yangi shakli» sifatida tavsiflashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!