Homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirish qiyinroq kechadi - olimlar

Homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirish qiyinroq kechadi - olimlar

"Science Translational Medicine” jurnalida chop etilgan ma’lumotaga ko‘ra, homilador ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazilgan.

Unda ixtiyoriy ravishda bir qancha emizikli va homilador ayollar qatnashgan.

Tadqiqot uchun vaksinaning birinchi dozasi bilan homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emlangan ayollarning aksariyatida immunitetning pasayishi kuzatilgan. Bu holatni Dyuk universiteti (Shimoliy Karolina shtati) olimlari kuzatgan va “Science Translational Medicine” jurnalida chop etgan.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, ayniqsa, “Moderna”, “Pfizer” va “BioNTech” preparatlaridan so‘ng homilador va emizikli ayollarda antitela titri pastligi aniqlangan.

Shu bilan birga, to‘liq emlashdan so‘ng homilador bo‘lmagan, emizikli va homilador ayollar o‘rtasida miinimal farq borligi, ya’ni emizikli ayollarda NK-hujayralari soni ko‘payishi kuzatilgan.

“Natijalar shuni ko‘rsatdiki, homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emas, balki boshida emlash va keyinchalik kuchaytiruvchi dozasi yo‘ldosh va ona suti orqali antikorlarning tarqalishini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.", - deya xulosa qilmoqda tadqiqot mualliflari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!