Hokimlik fermerga 157,8 mln so‘m kompensasiya to‘laydi

Hokimlik fermerga 157,8 mln so‘m kompensasiya to‘laydi

Biznes-ombudsmen da’vo arizasiga ko‘ra, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi fermerga yetkazilgan 157,8 mln so‘mlik moddiy zarar qoplab berildi. Bu haqda ombudsmen matbuot xizmati xabar berdi.

2000 yilda Samarqandda faoliyat ko‘rsatuvchi “Osiyo” fermer xo‘jaligiga (nomi o‘zgartirilgan) Bulung‘ur tumani hokimining qarori bilan 6,1 gektar yer maydoni ajratildi.

Ammo keyinchalik ijara shartnomasiga o‘zgarish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, yer maydoni tuman yer zahira fondiga qaytarildi. Tadbirkorga fermer xo‘jaligining bog‘laridagi mevali daraxtlarga yetkazilgan zarar qoplab berilmadi. Holat bo‘yicha Biznes-ombudsman Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!