Hokimiyat: to‘lov undirishda MIBga yordam berganlarning elektri o‘chmaydi

Hokimiyat: to‘lov undirishda MIBga yordam berganlarning elektri o‘chmaydi

Uchko‘priklik jurnalist Sharifa Madrahimova elektr o‘chishi haqida mutasaddilarga murojaat qilgach, "Shanba-yakshanba kunlari uyma-uy yurib qarzdorlikni undirishga MIBchilarga yordam bersangiz, svetingiz umuman o‘chmaydi!" degan javobni oldi. Jurnalistning postini to‘liq keltiramiz.

“Tashqarida 21 asrmi? Bir necha kunlardan buyon Uchko‘prik tumani hokimi, 4-sektor rahbari, tuman prokuraturasi, ichki ishlari, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qayta-qayta murojaat qildim. "Hoy baraka topgurlar, svetning pulini to‘laganman, nega mening iste’molchilik huquqimni buzyapsizlar. Nega svetni ayni kerakli paytda, erta bilan bolalar maktabga otlanayotganda, keyin kechki ovqat paytida bolalar dars tayyorlashi kerak bo‘lgan paytda o‘chiryapsizlar" deb. Ammo hech kimdan javob ololmadim. Bugun viloyat hokimligi qabulxonasiga 99 873 244 70-70 ga ham qo‘ng‘iroq qilib, ayni shu savolning javobini so‘radim. Birozdan keyin Uchko‘prik tumani hokimi qo‘ng‘iroq qilib, qarzdorlik ko‘payib ketganligini, qarzdorlikni undirishga yordam bersam, umuman svet o‘chmasligini aytdi. Shanba-yakshanba kunlari uyma-uy yurib qarzdorlikni undirishga MIBchilarga yordam berishimni aytdim. Svet 25 daqiqa yondi va yana o‘chdi. Mana yana yarim soatdan buyon svet yo‘q. Biz qaysi asrda yashayapmiz?”.

Kunlar sovugani sari nafaqat qishloqlarda, balki katta shaharlarimizda ham elektr uzilishi oddiy holga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!